Andijonda yuk avtomobilini haydab ketayotgan erkak uxlab qoldi, oqibatda...

Andijonda yuk avtomobilini haydab ketayotgan erkak uxlab qoldi, oqibatda...

Joriy yilning 4 fevral kuni soat 08:00larda, Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Oqtepa qishlog‘i hududidan o‘tgan 4R-112 avtomobil yo‘lining 130-kilometrida, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan R.T. “Volvo” rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, charchoq sabab uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib avtomobil pastlikka ag‘darilgan. Ag‘darilish vaqtida fuqaro N.U.ga tegishli bo‘lgan 7-xonadonning tunukadan yasalgan devor qismiga zarar yetgan.

Ag‘darilish natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!