Akkauntingiz parolini taxmin qilish osonmi?

Akkauntingiz parolini taxmin qilish osonmi?

Er yuzida millionlab odamlar internetdagi akkauntlarida taxmin qilish va buzib kirish juda oson bo‘lgan parollardan foydalanadilar, deya xabar beradi BBC axborot xizmati.

Buyuk Britaniyaning Milliy Kiber Muhofaza markazining izlanishlari natijasida ma’lum bo‘lganki, buzib kirilgan akkauntlarning ko‘pchiligida parol sifatida 123456 raqamlaridan foydalanilgan. Yanada aniqroq aytganda, 23 million akkauntlarda 123456 paroli belgilangan .

Ikkinchi o‘rinda eng ko‘p ishlatiladigan parol bu 123456789 bo‘lib, undan keyingi o‘rinda esa 111111 paroli ekanligi aniqlangan.

Shu bilan birga ko‘pchilik yana o‘z ismi va tug‘ilgan yilini parol sifatida qo‘yib, xakerlar uchun taxmin qilish va buzib kirishga oson imkoniyat beradilar, deb ogohlantiradi mutaxassislar.

Manba: gujum.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!