Ajoyib kechirim so‘rash

Ajoyib kechirim so‘rash

Men bir narsa haqida aytsammi yoki aytmasammi? – deb o‘ylanib qoldim. Lekin Alloh taolo ushbu so‘zni aytishim uchun qalbimni ochib qo‘ydi.

Bir do‘stimiz bo‘lar edi. U ushbu darslarga muntazam qatnashib kelar edi. Men aytmoqchi bo‘layotgan narsa Ramazon oyida bo‘lib o‘tgan. Men uni solihlardan deb o‘ylayman. Uning soqoli bor edi. U bir kuni soqolini juda ko‘p qisqartirib keldi. Unga biror narsa deb qo‘yish mening qalbimga o‘rnashib oldi. Men unga: “Seni soqoling ko‘p edi-ku, nima uchun bunday qilding? Agar avvaldan shu ko‘rinishda bo‘lganingda men parvo qilmas edim”, – dedim. Men unga boshqa biror gap aytganim yo‘q, lekin qalbimga unga nisbatan e’tiroz suqilib kirgan edi.

Bori’ azza va jalla menga tarbiya berishni iroda qildi. Menga odob berib qo‘yishni istadi. Men o‘zim bir narsa deb qo‘yishni istagan odam bilan sinovga uchragan edim. Alloh taolo meni bir sartaroshga yo‘liqtirib meni u bilan sinadi. Sartarosh xato qilib, mening soqolimni odatdagidan ko‘proq qisqartirib qo‘ydi. Men bu ishda hech narsa qilolmay qoldim. Men birinchi o‘rinda beodoblik qilib qo‘yganimni esladim. Ha shunday.

U odam hozir bu yerda yo‘q. Lekin men u kishini insha Alloh kutaman.

Hoy do‘stlarim. Inson nimaga biror kishiga bir narsa deyishni qalbiga o‘rnashtiradi. Ayniqsa bu narsani nimaga qalbiga tugadi. Men shu ishni qilib qo‘ydim va unga nisbatan e’tiroz bildirib bu ishimni o‘zimcha to‘g‘ri deb o‘yladim. Lekin mana o‘zingiz eshitganingizdek, Alloh azza va jalla, men tanbeh bermoqchi bo‘lgan ushbu insondagi narsa bilan o‘zimni ham sinadi.

Men Alloh taolodan bizlarga bandalarga nisbatan odobli bo‘lish rizqini berishini so‘rayman.

Manba: zamin. uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!