Afg‘onistonda rekord darajada tinch aholi o‘layotgani ma’lum qilindi

Afg‘onistonda rekord darajada tinch aholi o‘layotgani ma’lum qilindi

Hisobotda keltirilishicha, 2021 yilda 1659 nafar tinch aholi halok bo‘lgan va 3254 nafari yaralangan, bu esa 2020 yilning shu davriga nisbatan 47 foizga yuqori hisoblanadi. BMT Afg‘onistondagi zo‘ravonliklar sezilarli darajada pasaymasa, bu ko‘rsatkich keskin oshishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Ta’kidlanishicha, maydan iyungacha bo‘lgan davrda Afg‘onistonda 783 nafar odam o‘ldirilgan va 1609 nafari yaralangan. Hisobotda shuningdek, o‘ldirilgan va yaralangan tinch aholining 32 foizini bolalar, 14 foizini esa ayollar tashkil etishi hamda bu shu davrdagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanishi qayd etilgan.

Hukumatga qarshi bo‘lgan harakat vakillari tinch aholining ko‘p sonli talofati (64 foiz) uchun javobgarlikni davom ettirayotgani, hukumatga yaqin kuchlar esa taxminan 25 foizga javobgar ekani qo‘shimcha qilingan.

Avvalroq dunyo bo‘ylab qancha boladan jang maydonida askar sifatida foydalanilgani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, AQSh Turkiyani bolalardan askar sifatida foydalanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!