Abdulaziz Komilov Fransiya sobiq prezidenti Jak Shirakning dafn marosimida ishtirok etadi

Abdulaziz Komilov Fransiya sobiq prezidenti Jak Shirakning dafn marosimida ishtirok etadi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya 2019 yil 30 sentyabr kuni Fransiyada bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Jak Shirak 26 sentyabr kuni vafot etdi. U 87 yoshda edi.

Jak Shirak O‘zbekiston—Fransiya munosabatlarining mustahkamlanishiga ham katta hissa qo‘shgan. 1996 yil 24 aprel kuni Parijda YUNESKO tomonidan tashkil qilingan Amir Temurning 660 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada shaxsan Jak Shirakning o‘zi ishtirok etgan hamda Amir Temurning 1402 yilda Fransiya qiroli Sharl Oltinchi nomiga yo‘llagan maktubini O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovga sovg‘a qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!