332 nafar fuqaroga 671 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar yetkazildi

332 nafar fuqaroga  671 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar yetkazildi

Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazining 1197 qisqa raqamiga  bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar asosida  Toshkent shahri bo‘yicha  jami 332 nafar fuqaro uchun 41 968 066,61 so‘mlik 671 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlari jamlandi va 9 ta tuman tibbiyot birlashmalari xodimlariga murojaat qilgan fuqarolarga yetkazib berish uchun topshirildi.

Xususan,   2020 yil 9 aprel kuni  Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Yashnobod tumanlaridan kelib tushgan qo‘ng‘iroqlar asosida jami 59 nafar fuqaro uchun 4514358,76 so‘mga teng  123 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ushbu tumanlarning tibbiyot birlashmalariga topshirildi.

Bugun, 10 aprel kuni  Uchtepa tumanidan   kelib tushgan qo‘ng‘iroqlar asosida jami 48 nafar fuqaroga mo‘ljallangan 5 936 855,62 so‘mlik 108 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar Uchtepa tumani tibbiyot birlashmasining mas’ul xodimlariga yetkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!