2-son maktabda o‘smir o‘qituvchi va o‘quvchilarni pichoqladi

2-son maktabda o‘smir o‘qituvchi va o‘quvchilarni pichoqladi

Belarus Respublikasining Stolbsi shahridagi 2-son maktabda o‘smir o‘qituvchi va o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Xabarda qayd etilishicha, o‘qituvchi va o‘smirlardan biri olingan jarohat tufayli vafot etgan, yana ikkita o‘quvchi zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, 2003 yilda tug‘ilgan o‘smir ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanmoqda. Jinoyatchi voqea joyidan yashiringan. Minsk viloyatining oltida tumanida Sirena rejasi joriy etildi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari uni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan ikkita odamni o‘ldirish moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!