16 yoshli qiz Fransiyadagi Olimpiada o‘yinlarida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan

16 yoshli qiz Fransiyadagi Olimpiada o‘yinlarida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan

Fransiyada terrorizmga qarshi prokuratura 16 yoshli o‘smirga nisbatan tergov boshladi: u teraktni rejalashtirishda ayblanmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, talaba o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida shahid bo‘lib o‘lish uchun portlovchi moddalar bilan kamar yasamoqchi ekanligini yozgan.

O‘smir allaqachon Fransiya Alp tog‘laridagi shaharlardan birida qo‘lga olingan. Hozir huquq-tartibot idoralari xodimlari uning terrorchilik tashkilotlariga aloqadorligini tekshirmoqda. Tekshiruv Fransiyadagi Olimpiada o‘yinlari vaqtida haqiqatan ham terakt uyushtirish rejasi bo‘lganmi yoki yo‘qligini aniqlaydi.

Nouvel Obs nashrining xabar berishicha, o‘smir Parijning La Defans biznes tumanida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan. Talabaning ota-onasining uyini tintuv qilish chog‘ida ular ISHID terrorchilik tashkilotiga sodiqlik to‘g‘risidagi hujjatni topdilar.

Fransiyada hozirda terror bo‘yicha eng yuqori darajada. Qolaversa, shu yilning yozida Germaniyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati vaqtida terrorchilar hujum qilish bilan tahdid qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!