Zelenskiy Ukrainadagi eski hokimiyat tizimini «nokaut» qilishga va’da berdi

Zelenskiy Ukrainadagi eski hokimiyat tizimini «nokaut» qilishga va’da berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Sluga naroda" partiyasi mamlakatda yangi hokimiyat tizimini o‘rnatishga va eskisini "nokaut qilish" uchun yordamlashishiga ishonch bildirdi.

Yakshanba kuni Kiyevda "Sluga naroda" partiyasining s’ezdi bo‘lib o‘tdi, unda partiya dasturi tasdiqlandi.

"Sluga naroda" — bu brend emas, bu bizning Ukrainada boshqa tizim o‘rnatishga yordam beradigan dunyoqarashimiz. Bu birinchi raund xolos. Tizim hozircha nokdaun holatida, biz nokautni taklif qilamiz. Buni birgalikda amalga oshiramiz", - dedi Zelenskiy.

U shuningdek, oliy radaning keyingi chaqiruvida deputatlik daxsizligi bekor qilinishiga ishonch bildirdi.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!