Yurib ketayotgan mashinasining ustiga o‘tirib olgan "shovvoz" yodingizdami? U jazolandi

Yurib ketayotgan mashinasining ustiga o‘tirib olgan "shovvoz" yodingizdami? U jazolandi

Mashinadan beligacha tashqariga chiqib, uni boshqargan haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Toshkent shahar IIBB xabar qilishicha, videoda aks ettirilgan ko‘ngilxushlik qilgan haydovchi 22 yoshli Muhammadxo‘ja YU. ekanligi aniqlandi. U 12-dan 13-martga o‘tar tun, taxminan soat 2.50 da Shahrisabz ko‘chasida KIA Optima rusumli atvomobilda harakatlangan.

Mazkur shaxs O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128.5-moddasi ( Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi ) bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda katta tezlik ketayotgan mashina rulini boshqaruvchisiz qoldirib, mashina tomiga o‘tirib olgan epchil haydovchi tasvirlangan video keng tarqalgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!