Yilning eng yaxshi bokschisi bo‘lish uchun besh da’vogar ma’lum bo‘ldi

Yilning eng yaxshi bokschisi bo‘lish uchun besh da’vogar ma’lum bo‘ldi

AQShning boksga ixtisoslashgan eng mashhur nashrlaridan biri The Ring 26 dekabr kuni 2018 yilning eng yaxshi bokschisi bo‘lishga da’vogar sportchilar nomini ma’lum qildi.

Nashrning da’vogarlar ro‘yxatidan o‘rta va super o‘rta vazn toifalarida uchta jahon chempionligi kamari egasi, meksikalik Saul Kanelo Alvares (51-1-2, 35 KO), birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq chempion, ukrainalik Oleksandr Usik (16-0-0, 12KO), yengil vazn toifasida WBA va WBO yo‘nalishlari chempioni, ukrainalik Vasiliy Lomachenko (12-1-0, 9KO), birinchi yengil vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni, yaponiyalik Naoya Inui (17-0-0,15KO), o‘ta og‘ir vazn toifasining uchta yo‘nalishida sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri (27-0-1, 19KO) joy oldi.

Jurnal bundan tashqari, yilning eng yaxshi jangi, yilning eng yaxshi nokauti, yilning eng yaxshi murabbiyi, yil qaytishi, yilning eng muhim voqeasi kabi bir qator yo‘nalishlarda g‘oliblikka da’vogarlarni e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev Yilning eng istiqbolli bokschisi yo‘nalishida g‘oliblik uchun kurash olib borayotgani xabar qilingandi.

Manba: turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!