Yaponiyada ishlab chiqarilgan robot-tyulen odamlarni baxtli qila olishi ma’lum bo‘ldi

Yaponiyada ishlab chiqarilgan robot-tyulen odamlarni baxtli qila olishi ma’lum bo‘ldi

PARO tashqi ko‘rinishi bilan nafaqat tyulenga o‘xshaydi, balki unga tegilsa yoki murojaat qilinsa, suv jonzotining harakatlarini takrorlay ham oladi, masalan, panjalari bilan qarsak chalib, ovoz chiqaradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, robot-tyulen bilan bir soat muloqot qilgan ko‘ngillilarning kayfiyati ko‘tarilgan va yengil yoki o‘rtacha og‘riqlari yo‘qolgan.

Tadqiqot mualliflarining fikricha, aqlli robotlar bilan bunday o‘yin-kulgi pandemiya paytida — boshqa odamlar bilan aloqa keskin cheklangan paytda juda yoqimli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!