Yaponiya AQShdan ma’lumot berishni talab qilmoqda

Yaponiya AQShdan ma’lumot berishni talab qilmoqda

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida yapon tomoni AQShdan Yakusima oroli yaqinida Osprey samolyoti halokati bo‘yicha ma’lumotlarni talab qilishini aytdi.

“Biz amerikalik harbiylardan avariya holatlari bilan bog‘liq faktlarni tasdiqlashni talab qilmoqchimiz”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Shuningdek, mamlakat rasmiylari AQShdan mamlakatda Osprey tiltrotor parvozlarini to‘xtatishni talab qiladimi, degan savolga javob berar ekan, Yaponiya bosh vaziri bu mavzu faktlar tasdiqlanganidan keyin muhokama qilinishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!