Yangi yil va archa bayramlari o‘tkazish taqiqlandi

Yangi yil va archa bayramlari o‘tkazish taqiqlandi

O‘zbekistonda koronavirus tarqalish xavfi kamaymagani bois yangi yil tadbirlari va archa bayramlar o‘tkazish taqiqlandi. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tgan kechagi yig‘ilishda aytilgan, deb yozadi "Zed News" axborot kanali

Iqtibos

"Kasallik ayrim joylarda ko‘payib borayotganini inobatga olgan holda karantin koidalariga kat’iy rioya etilishi zarur. Yangi yil bayrami oila davrasida nishonlanishi maqsadga muvofiq", degan hukumat rahbari.

Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, maktab, bog‘cha, oliy ta’lim muassasalarida bayram tadbirlari, xodimlar ishtirokidagi turli o‘tirishlar, korporativ bazmlar o‘tkazish man etilgan.

Bayram davrida Prezident archasi va ko‘chadagi ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish-o‘tkazmaslik hozircha noma’lum.

Hozirgi holat

Koronavirus yuqtirganlar soni 74 956 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan sog‘ayganlar jami 72243 nafarga yetgan (97 foiz) va 612 kishi vafot etgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!