Yangi qonun: endi keksalarga hurmatsizlik ko‘rsatganlar jazoga tortiladi

Yangi qonun: endi keksalarga hurmatsizlik ko‘rsatganlar jazoga tortiladi

BAA Federal milliy kengashi 60 yosh va undan kattalarni himoyalash haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Russian Emirates nashri habar bermoqda.

Qonunda keksalar huquqlarini himoyalashni kuzatadigan maxsus guruh tuzilishi ko‘zda tutilgan.

Ayni payt BAAda 60 yoshdan oshgan 24 mingdan ziyod fuqaro bor. Qonunga binoan ularning huquqlarini buzganlarga jazo tayinlanadi. Masalan, ijtimoiy xizmat xodimi o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilishi oqibatida keksa kishi jarohat olsa, o‘sha xodim 10 mingdan 20 ming dirhamgacha jarimaga tortilishi yoki ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Bundan tashqari, keksalar o‘z huquqlari buzilgani haqida xabar berishlari uchun maxsus telefon liniyasi tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!