Yana bir yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Yana bir yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Hukumat qarori bilan “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Ko‘krak nishoni bilan mamlakatimiz aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, muhandislik kommunikasiyalarini o‘z vaqtida sifatli qurish va ta’mirlash, ularning atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!