Xorijdan “uchib kelgan” dron aeroportda “qo‘ndirildi”

Xorijdan “uchib kelgan” dron aeroportda “qo‘ndirildi”

Bojxonachilar tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga “Istambul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaro J.J.ning yuklari belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, uning ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi taqiqlangan 1 dona “Corby Drones” rusumli uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 2 may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi  2019 yil 4 noyabrdan kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!