Venesuelaning AQSh sanksiyalaridan yo‘qotishlari 116 mlrd dollarga yetdi

Venesuelaning AQSh sanksiyalaridan yo‘qotishlari 116 mlrd dollarga yetdi

Bu haqda mamlakatning aloqa va axborot vaziri Xorxe Rodriges Karakasdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.  

Vazirning ta’kidlashicha, Venesuela AQSh prezidenti ma’muriyatiga Vashingtonning sanksiyalari mamlakatga katta zarar yetkazayotgani bo‘yicha ayblov ilgari surdi. Avvalroq mamlakat tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa Haagaga AQSh ustidan xalqaro jinoyat sudiga da’vo arizasi berish uchun kelgan. Karakas Vashingtonni 2014 yildan beri kiritilayotgan bir tomonlama sanksiyalar natijasi bo‘lgan insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda.   

AQSh 7 fevralda Venesuelaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Jumladan, mamlakatning eng yirik aviakompaniyasi Conviasa taqiqlov ostiga tushgan. Karakasda ushbu sanksiyalar mamlakat xavfsizligiga tahdid solishi aytilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!