«O‘zkomnazorat» Inspeksiyasi ogohlantiradi!

«O‘zkomnazorat» Inspeksiyasi ogohlantiradi!

Respublikada ob-havoning keskin o‘zgarishi, elektr energiya iste’moli ortgani va elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganligi sababli «O‘zkomnazorat» Inspeksiyasi telekommunikasiya tarmoqlarida uzilish, to‘xtalish va avariya holatlarining oldini olish hamda iste’molchilarga uzluksiz va sifatli xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha barcha telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi operator va provayderlarni ogohlantiradi.

Shuningdek, iste’molchilarga telekommunikasiya tarmoqlari, mobil aloqa, ma’lumotlar uzatish, televideniye kabi xizmatlar ko‘rsatilishida uzilish va to‘xtalishlar hamda xizmatlar sifatida pasayish kuzatilsa, operator va provayderlarning Call-markazlariga yoki Inspeksiyaning 1144 qisqa raqamli Ishonch telefoniga murojaat qilishini tavsiya qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!