O‘zbekistonliklarda eng ko‘p aniqlanayotgan onkologik xastaliklar nomi ma’lum qilindi

O‘zbekistonliklarda eng ko‘p aniqlanayotgan onkologik xastaliklar nomi ma’lum qilindi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, 2030 yilda butun dunyoda o‘sma xastaliklari bilan 15 million kishi kasallanishi mumkin. O‘zbekistonda yiliga 22 mingdan ortiq bemorlarda onkologik xastalik aniqlanmoqda.

Ro‘yxatga olingan xavfli o‘sma kasalliklari orasida sut bezi, o‘pka, qon va limfoid to‘qimalar xavfli o‘smalari hamda bachadon bo‘yni raki bilan kasallanish ko‘rsatkichlari oshib bormoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimida islohotlar bosqichma-bosqich davom etayotgan bo‘lsa-da, o‘sma kasalliklari bilan kasallanishni kamaytirish maqsadida davlat miqyosidagi keng qamrovli dasturlarning amalga oshirilishi, kadrlar tayyorlash masalasiga e’tibor qaratilishi, ayniqsa, uzoq qishloq joylarda ishlayotgan umumiy amaliyot vrachlarining onkologik sezgirligining oshirilishi va tibbiy ko‘rik sifatining yaxshilanishiga hamon zarurat katta bo‘lib qolmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitalari hamkorligida o‘tkazilgan seminarda o‘sma kasalliklarini erta aniqlash, oldini olish va samarali davolash naqadar muhimligi alohida ta’kidlandi. Onkologik bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, o‘sma kasalliklarning oldini olish, mazkur yo‘nalishga oid muammolarning hal etilishiga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!