O‘zbekistonlik talaba Janubiy Koreyada baxtsiz hodisa qurboniga aylandi

O‘zbekistonlik talaba Janubiy Koreyada baxtsiz hodisa qurboniga aylandi

Janubiy Koreyada tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarosi yong‘in natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 9 may kuni Seul shahrida o‘zbekistonlik talabalar 1997 yil tug‘ilgan Mutal Yuldashev va 1996 yil tug‘ilgan Farrux Mo‘minov yashovchi kvartirada yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada Farrux Mo‘minov voqea joyida vafot etgan. Mutal Yuldashev ikkinchi darajali kuyish jarohatini olgan va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Hanil shifoxonasiga olib borilgan.

O‘zbekistonning Seuldagi konsuli va yaqin do‘stlari ishtirokida marhumni aniqlash borasida amaliyot o‘tkazilgan. Diplomatik vakolatxona vakillari Mutal Yuldashevning ahvolidan ham xabar olgan. Vrachlar bemorning holatini og‘ir deb baholayapti.

Hozirda polisiya tomonidan yong‘in sabablarini va hodisaga sabab bo‘lgan boshqa barcha omillarni aniqlash uchun tergov olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq mazkur holatni Elchixona nazoratda ushlab turibdi, Hanil shifoxonasi rahbariyati bilan muloqotda bo‘lib turibdi va Farrux Mo‘minov jasadini Vatanga jo‘natish masalasi ustida ish olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!