O‘zbekistonlik professional bokschi jarrohlik stoliga yotdi

O‘zbekistonlik professional bokschi jarrohlik stoliga yotdi

WBA kamari uchun sobiq da’vogar, yarim yengil vazn toifasidagi professional bokschimiz Otabek Xolmatov jarrohlik stoliga yotdi.

Hamyurtimiz shu yil amerikalik Raymond Fordga qarshi WBA chempionlik kamari uchun kechgan jangda alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi. So‘nggi 12-raund yakunlanishiga 7 soniya qolgan bir paytda Ford charm qo‘lqop ustamizni texnik nokautga uchratgan edi.

O‘sha jangdan keyin bokschimiz oyog‘idagi jarohat haqida xabar bergan edi. Havaskor boks bo‘yicha terma jamoamiz bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev ham o‘shanda Otabek Xolmatov bilan bog‘lanib, jarrohlik amaliyotini o‘zimiz o‘tkazib beramiz, tushkunlikka tushma, hali 4 ta kamar uchun jang qilasan degandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!