O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar AQSh Markaziy qo‘mondonligida Navro‘zni nishonladi

O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar AQSh Markaziy qo‘mondonligida Navro‘zni nishonladi

Kecha, 21 mart kuni Navro‘z ayyomi munosabati bilan AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligida (Tampa shahri, Florida shtati) rasmiy vakil sifatida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan xorijiy hamkasblariga bayram tadbiri tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Daryo ga xabar berdi.Ushbu tadbirda AQSh Qurolli kuchlari CENTCOM rahbariyati hamda u yerda hamkorlik faoliyatini yuritayotgan 50 dan ortiq davlat vakili qatnashgan. O‘zbekistonlik harbiylar va ularning oila a’zolari tomonidan bahoriy taomlardan iborat o‘zbekona bayram dasturxoni yozilib, tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etilgan.Shuningdek, tadbir davomida Yangi O‘zbekiston nomli targ‘ibot taqdimoti ham namoyish etilgan.Taqdimotda o‘zbek xalqining buyuk merosi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tarixiy obidalari, iqtisodiyoti va siyosati, milliy armiyasi, O‘zbekiston hududida yashab ijod etgan buyuk siymolar va ularning dunyo sivilizasiyasining rivojiga qo‘shgan hissasi, bugungi kundagi yangi O‘zbekistonning barcha sohalarda erishayotgan ulkan yutuqlari va boshqa jihatlari namoyish etilgan. O‘zbekiston bo‘ylab sayohat mavzusida namoyish etilgan qisqa metrajli hujjatli film barchada katta taassurot qoldirgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!