O‘zbekistonda jazirama yoz, Rossiyada esa qor yog‘di

O‘zbekistonda jazirama yoz, Rossiyada esa qor yog‘di

20 iyul kuni Rossiyaning Norilsk shahrida qor yog‘di, ijtimoiy tarmoqlar esa tegishli fotosuratlar va videolarga to‘lib ketdi. Foydalanuvchilar shimoldagi qattiq yoz haqida hazil qilishga tushib ketishgan. Ba’zilarning ta’kidlashicha, 2017 yilda bu voqea biroz avval, 4 iyul kuni sodir bo‘lgan.

Yog‘gan qor tezlik bilan erib ketdi. Gismeteo ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba, 22 iyul kuni shaharda havo harorati 20 daraja issiqni tashkil etishi kutilyapti.

Manba:kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!