O‘zbekistonda bir kechada 121 nafar kishi koronavirusga chalindi

O‘zbekistonda bir kechada 121 nafar  kishi koronavirusga chalindi

2020 yil 5 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9829 (+121) nafarni tashkil etmoqda, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida. 
 Yangi kasallanish holatlarining 106 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 1 nafari esa Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 6425 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 
Hozirda mamlakatimizda 3373 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!