O‘zbekiston turizm salohiyati Rossiya telekanallarida yanada keng targ‘ib qilinadi

O‘zbekiston turizm salohiyati Rossiya telekanallarida yanada keng targ‘ib qilinadi

Turizm qo‘mitasi ko‘magida joriy yilning 22-28-iyun kunlari “Perviy kanal” telekanalining keng tomoshabinlar auditoriyasiga ega bo‘lgan “Jizn drugix” dasturining ijodiy guruhi O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilindi.

Ko‘rsatuvni suratga olish uchun dasturining boshlovchisi Janna Badoyeva boshchiligidagi ijodiy guruh mamlakatimizning turizm salohiyatini Rossiya davlatida keng targ‘ib qilish va ushbu davlatdan keladigan sayyohlar sonini yanada oshirish maqsadida teledasturning bu safargi sonida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, turistik mazillari va tarixiy maskanlarida bo‘ldi.
Suratga olish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduxakimov yurtimizning turizm salohiyati, sayyohlik yo‘nalishidagi manzillari, ziyorat turizmi, gastroturizm, ekoturizm, etnoturizm, agroturizm, tibbiyot turizmi, muqaddas ziyoratgohlar, madaniy meros, me’morchilik yodgorliklari, muzeylar, istirohat bog‘lari, turizm qishlog‘i, etnoqishloq, turizm ko‘chasi, sanatoriylar haqida ma’lumot berib o‘tdilar.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda muntazam suratga olinadigan mazkur dastur vakillari bilan Turizm qo‘mitasi yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Ushbu dastur tufayli millionlab teletomoshabinlar O‘zbekistonning yangi sayyohlik yo‘nalishlarini kashf qilish imkoniga ega bo‘ladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!