O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" futbolchisi 6 oyga diskvalifikasiya qilindi

O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" futbolchisi 6 oyga diskvalifikasiya qilindi

O‘zbekiston terma jamoasi va Toshkentning «Paxtakor» klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov OFK tomonidan 6 oy muddatga diskvalifikasiya qilindi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.

OFK tomonidan chiqarilgan qarorda qayd qilinishicha, Jakartada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqalari chorak finalida O‘zbekiston (U23) - Janubiy Koreya (U23) uchrashuvidan keyin hakamga qarata suv idishini otgan O‘TJ a’zosi Jaloliddin Masharipov 6 oy muddatga o‘rtoqlik o‘yinlaridan diskvalifikasiya qilindi. Futbolchi, shuningdek, 5 ming AQSh dollar jarimaga tortildi. Mazkur jarima 30 kun ichida to‘lab berilishi shart qilib qo‘yilgan.

Endilikda futbolchi O‘zbekiston terma jamoasi safida aprel oyiga qadar o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. Masharipov oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan KXDR va Qatarga qarshi uchrashuvlarni ham o‘tkazib yuboradi.

Manba: kun.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!