O‘zbekiston Qozog‘istondan benzin sotib oladigan birinchi davlatga aylanadi

O‘zbekiston Qozog‘istondan benzin sotib oladigan birinchi davlatga aylanadi

O‘zbekiston yaqin orada Qozog‘istondan benzin sotib oladigan ilk mamlakatga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda “Xalq so’zi” nashri xabar tarqatdi.

Kazenergy bosh direktori Bolat Akchulakovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga yoqilg‘ining birinchi qismini shu yil iyul oyida yuborish rejalashtirilmoqda. Benzin jahon narxlarida eksport qilinadi. U, shuningdek, bu borada Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston bilan muzokaralar olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil o‘rtalarida Qozog‘iston benzin eksport qilishni mo‘ljallayotgani ma’lum bo‘lgandi. Bunday imkoniyat ushbu mamlakatda benzin ehtiyojdan anchagina ortib qolgani ortidan yuzaga kelgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!