O‘zbekiston qarzining YAIMga nisbati qancha?

O‘zbekiston qarzining YAIMga nisbati qancha?

HowMuch portali Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlaridan foydalanib, davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatini ifodalovchi infografika ishlab chiqdi.

Unda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMga nisbatan 24 foizga teng deb, olingan.

Davlat qarzi YAIMga nisbatan yuqori davlatlar o‘nligiga Yaponiya (238 foiz), Gresiya (182 foiz), Barbados (157 foiz), Livan (147 foiz), Italiya (132 foiz), Eritreya (131 foiz), Kongo Respublikasi (131 foiz), Kabo Verde (126 foiz), Portugaliya (126 foiz), Sudan (122 foiz) va Singapur (111 foiz) kirgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning tashqi qarzi Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilning 1 oktyabr holatiga 16,4 mlrd dollarni tashkil qilgan. Umumiy tashqi qarzning 53 foizi yoki 8,78 mlrd dollari davlatga, 47 foizi yoki 7,71 mlrd dollari xususiy sektorga tegishli.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!