O‘zbekiston kubogi. "Paxtakor" Pro Liga klubini yuta olmadi, "Metallurg", "Neftchi" va "So‘g‘diyona"da g‘alaba

O‘zbekiston kubogi. "Paxtakor" Pro Liga klubini yuta olmadi, "Metallurg", "Neftchi" va "So‘g‘diyona"da g‘alaba

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-tur o‘yinlari start oldi.

Toshkentning "Paxtakor" klubi o‘z maydonida Pro Liga vakili "Qo‘qon-1912" jamoasini qabul qildi va 0:0 hisobida duranga imzo chekdi. "Sherlar" 54-daqiqada maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Himoyachi Diyor Ortiqboyev hakam tomonidan chetlatildi.

"Metallurg" jamoasi safarda safarda "Do‘stlik"ni ishonchli 2:0 hisobida taslim etdi va muddatidan avval pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

"Sirdaryo FA" maydoniga safar qilgan "Neftchi" raqibni ayab o‘tirmadi va yirik 5:1 hisobida zafar quchdi. Jizzaxning ikki klubi o‘rtasida kechgan bellashuvda "So‘g‘diyona" "Jizzax"ni 2:0 hisobida yengdi.

Shu tariqa, "Neftchi" va "So‘g‘diyona" ham ikkinchi turdan keyin keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!