Ukrainada koronavirusga chalinganlar soni 300 ming nafardan oshib ketdi

Ukrainada koronavirusga chalinganlar soni 300 ming nafardan oshib ketdi

Ukrainada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlarning umumiy soni 303 368 nafarga, bu kasallikdan vafot etganlar esa 5673 kishiga yetdi, deya xabar berdi Ukraina xavfsizlik qo‘mitasi dushanba kuni.

Ukrainada o‘tgan 24 soat ichida 4766 kishining COVID-19 ga chalingani aniqlandi. Bu mamlakatda 17 oktyarbr shanba kuni virus tarqalishi bo‘yicha kunlik rekord yangilanib, 6410 kishiga ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgandi.

Ukrainada so‘nggi paytlardagi yangi kasallanish holatlarining keskin ko‘payishi sabab hukumat ehtiyot choralarini 2020 yilning oxirigacha uzaytirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!