Turkiyaga sayohatga borgan ayol vahshiylarcha kaltaklandi

Turkiyaga sayohatga borgan ayol vahshiylarcha kaltaklandi

Turkiyaning janubiy-g‘arbida britaniyalik ayol o‘z vatandoshi tomonidan zo‘rlandi, so‘ngra shafqatsizlarcha kaltaklandi. OAVning xabar berishicha, ayolning tashqi ko‘rinishi tanimas holatga kelib qolgan.

Jabrlanuvchi 35 yoshli  Emma Luiz Higginson o‘tgan hafta Turkiyaning kurort shaharchalaridan biri bo‘lgan Marmarisga sayohat qiladi va u yerdagi tungi klublardan birida 27 yoshli Deklan Tiron Marshal ismli vatandoshi bilan tanishadi. Yigit tunash uchun joyi yo‘qligini aytib, ayoldan bir kechaga boshpana so‘raydi. Ayol uxlab yotgan payt yigit bundan foydalanib, uni zo‘rlaydi, so‘ngra kaltaklaydi.
 
Keyinroq Marshal mehmonxonada jinsiy tajovuz ustida Turkiya polisiyasi tomonidan qo‘lga olinadi.
Hozirda ayolning ahvoli og‘irligicha qolmoqda va turkiyalik shifokorlar uning Britaniyaga uchib ketishiga ruxsat berganicha yo‘q.  

Manba: qalampir.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!