Turkiya, Rossiya, Fransiya va Germaniya Suriyada tinchlikni saqlab qolishga kelishib olishdi

Turkiya, Rossiya, Fransiya va Germaniya Suriyada tinchlikni saqlab qolishga kelishib olishdi

Istanbulda Rossiya, Turkiya, Fransiya va Germaniya rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar yakunlandi.

To‘rt mamlakat vakillari Suriyada siyosiy jarayon faollashganini, konstitusion qo‘mita ish boshlashi masalalarini muhokama qilishdi. Sammit oldidan Toyyip Erdo‘g‘on, Vladimir Putin, Angela Merkel bilan muzokaralar o‘tkazdi va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefonda muloqot qildi.

Turkiya bilan Rossiya 17 sentyabrda Suriyaning Idlib viloyatida tinchlik o‘rnatishga kelishib olishgan edi. Bugungi sammitda to‘rt mamlakat rahbarlari o‘rnatilgan ushbu vaqtinchalik tinlikni imkon qadar uzoqqa cho‘zishga kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu sammit to‘rt mamlakat rahbarlari uchrashgan birinchi sammit bo‘ldi. Suriyada tinchlik o‘rnatishga qaratilgan uchrashuv Usmoniylar imperiyasining so‘nggi sultoni Mahmud Vohididdin VI ga tegishli bo‘lgan “Vohididdin” saroyida bo‘lib o‘tdi.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!