Turkiya og‘ir harbiy texnikalar Idlibdan chiqarilganini ma’lum qildi

Turkiya og‘ir harbiy texnikalar Idlibdan chiqarilganini ma’lum qildi

Turkiyaning barcha og‘ir harbiy texnikalari Suriyaning Idlib provinsiyasidagi harbiysizlantirilgan hududdan chiqarildi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib, Daryo.uz xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hududning barcha xususiyatlari va aholi punktlarining joylashishini hisobga olib, Idlibdagi deeskalasiya hududlari chegaralari bo‘ylab eni 15—20 kilometr bo‘lgan harbiysizlantirilgan hudud tashkil qilingan.

Turkiya Rossiya bilan kelishuv doirasida o‘z majburiyatlarini bajargan. Taranglik va to‘qnashuv ehtimolini pasaytirish maqsadida 10 oktyabrda Idlibdagi harbiysizlantirilgan hududdan og‘ir harbiy texnikalarni chiqarish jarayoni yakunlangan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!