Tumanli Andromedani qotillikda ayblashmoqda

Tumanli Andromedani qotillikda ayblashmoqda

Somon yo‘lida egizak-singil galaktika bor edi, Andromeda esa uni yutub yubordi.

Michigan universiteti olimlarining aniqlashicha, Andromeda — anchayin ochko‘z galaktika ekan. Uning atrofidagi quyuq tuman shundan darak beryapti. Koinotshunoslarning ma’lum qilishicha, u ancha yirik galaktikaning qoldig‘idan tashkil topgan. «Bu biz uchun kutilmagan holat bo‘lib chiqdi. Biz Samon yo‘lining egizak-singlisi borligini bilmagan edik», — deydi  tadqiqot mualliflaridan biri Erik Bell.

Somon yo‘lining «singlisi»  M32p Andromedadan qariyb uch barobar kichkina edi. U haqda unchalik katta bo‘lmagan galaktika-satellat M32 ham eslatadi: u 1749 yilda kashf etilgan va hali ham olimlar uning qanday  paydo bo‘lganini tushuna olishmayapti. «U (galaktika M32) juda g‘alati ob’ekt. U xuddi keksa, ixcham galaktikaga o‘xshaydi, ammo unda juda ko‘p yosh yulduzlar mavjud. U koinotdagi eng ixcham galaktika sanaladi, unga o‘xshaydigan galaktikaning o‘zi yo‘q», — deya izoh beradi Bell. Ehtimol,  M32 — halok bo‘lgan galaktikaning qoldig‘i bo‘lishi mumkin, uni Andromeda «hazm» qilolmagan bo‘lib chiqadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, bu kashfiyot Somon yo‘lining kelgusi  taqdiriga nazar solish imkonini beradi. Taxminan  4,7 milliard yildan keyin u tumanli Andromeda bilan to‘qnashadi va natijada yangi o‘ta yirik galaktika paydo bo‘ladi. Olimlar hatto unga nom ham topishdi — Mlekomeda.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!