Toshkentda kecha sutka davomida o‘rtacha sutkalik havo harorati ko‘p yillik iqlimiy me’yordan 6 daraja yuqori bo‘lgan

Toshkentda kecha sutka davomida o‘rtacha sutkalik havo harorati ko‘p yillik iqlimiy me’yordan 6 daraja yuqori bo‘lgan

Bu, anomal ko‘rsatkich emas. O‘zgidrometga ko‘ra, kecha sutkalik maksimum 2001 yil xuddi shu kun uchun eng yuqori rekord xaroratdan 0.4°S past kuzatilgan. Tungi minimum xarorat esa +26.4°S ga teng bo‘lgan.

Keling, Eron, Quvayt, Iroq kabi mamlakatlarda o‘tgan besh kunlikda vaziyat bilan ham tanishtirib o‘tamiz. Eronning ba’zi kuzatuv punktlarida jazirama davrida harorat minimumlari +37 darajadan yuqori kuzatilgan. Maksimumlar esa +50 darajaga yaqin. Ammo, ularda bizniki kabi energetik tizimda muammolar uzilishlar ro‘y bermagan.

Joriy tun poytaxtning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida yopppasiga elektr energiya tarmoqdan uzilgan.

Bu xaqida iqtisodchi Otabek Bakirov yozyapti: "Joriy issiq tun poytaxtning Uchtepa va Chilonzor tumanida elektr energiya tarmoqdan vaqtincha uzilgan". Natijada ko‘plab chilonzor va uchtepaliklar tungi uyquni dim, garmsel issiq havo tafti bilan o‘tkazgan (agar buni uyqu deb bo‘lsa).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!