Toshkentda 17 yoshli sartarosh bir yigitni qaychi bilan qasddan o‘ldirdi

Toshkentda 17 yoshli sartarosh bir yigitni qaychi bilan qasddan o‘ldirdi

5 iyunga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan kelishmovchilik oqibatida 26 yoshli yigit halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura «Daryo»ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, I.A. va A.B. oldidan o‘tib ketayotgan tanishlarini haqorat qilgan. Buning oqibatida I.A va tanishlaridan biri — I.Y. (2003 yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, sartarosh) o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. I.Y. yonida bo‘lgan sartarosh qaychisi bilan uning ko‘krak qafasi old yuzasi — to‘sh sohasiga bir marotaba urib, I.A.ni qasddan o‘ldirgan.

Marhumning do‘stlaridan biri Facebook’dagi sahifasiga qotillik I.A.ning qo‘shni mahalladagi bolalar bilan janjali oqibatida yuzaga kelganini yozib qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qotillikda gumonlanayotgan o‘smir qo‘lga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!