Toshkent viloyatida 1000 dan ortiq transport vositalari jarima maydoniga qo‘yildi

A A A
Toshkent viloyatida 1000 dan ortiq transport vositalari jarima maydoniga qo‘yildi

Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 806-871 kilometrlari oralig‘ida va “Toshkent-O‘sh” hamda “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘llarida yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari (fotoradarlar) 2018 yilning 16 fevralidan 22 oktyabrga qadar 80 mingdan ortiq qoidabuzarliklarni qayd etgan. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

– Qoidabuzar haydovchilarning 52 mingdan ziyodi belgilangan muddatlarda qonunda belgilangan tartibda jarimalarini o‘z vaqtida to‘lagan. Lekin oramizda qarzdorlik borasida e’tiborsizlik qilayotgan haydovchilar ham yo‘q emas, – Toshkent viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot guruhi xodimi Rustam Asqarov. – Qoidabuzar haydovchilar tomonidan asosan belgilangan jarimalarni to‘lash tartibi, qoidabuzarlik holati, to‘lov amalga oshirilgandan so‘nggi holati haqidagi savollar ko‘plab kelib tushmoqda. Ushbu savollarning yechimi haqida quyidagi ma’lumotlarni taqdim qilamiz:

– Qoidabuzarlik sodir etilgani haqidagi ma’lumotni olish uchun “8860” qisqa raqamiga transport vositasini davlat raqam belgisini xamda transport vositasini qayd etish guvohnomasini seriya va raqamini SMS orqali yuboriladi, oz muddat ichida SMS orqali qoidabuzarlik haqidagi ma’lumot (sodir etilgan sana va jarima miqdori) keladi;

– Qoidabuzarlik bo‘yicha belgilangan jarimalar Bank muassasalaridan “Munis” tizimi orqali, plastik kartadan “Click”, “PayMe” ilovalari orqali to‘lovlar amalga oshirilishi mumkin.

Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘z vaqtida jarimani to‘lamagan haydovchilarga nisbatan muntazam ishlar olib borilmoqda. Bunda hozirgi zamon texnologiyalaridan foydalangan holda, “AUTO CON” uskunasi yordamida 60 kun muddat ichida fotoradarlar orqali aniqlangan jarimani to‘lamagan qoidabuzar haydovchilar aniqlanib, ularning avtomashinasi jarima maydoniga joylashtirilmoqda. Hozirgi kunga qadar 1000 dan ortiq transport vositalari viloyat hududidagi jarima maydonlariga qo‘yildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!