8-oktabr kuni Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar majmuasida «Yashil texnologiyalar va investisiyalar: O‘zbekistonning mehmondo‘stlik sohasida iqtisodiy foyda va barqaror rivojlanish» hamda «Raqamli mehmondo‘stlik kelajagi: texnologiya O‘zbekistondagi HoReCa sanoatini qanday o‘zgartiradi?» mavzulariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Mehmonxonalar Assosiasiyasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ko‘magida o‘tkaziladigan konferensiyada yetakchi mutaxassislarning chiqishlari, panel muhokamalar, muvaffaqiyatli kompaniyalar haqida muhim ma’lumotlar hamda tarmoq va yangi biznes imkoniyatlari taqdim etiladi.
Tadbirda quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
— mehmonxona va restoran biznesi menejerlari hamda mutaxassislari;
— turizm sohasini nazorat qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari vakillari;
— yashil texnologiyalar, barqaror rivojlanish va raqamlashtirish sohasidagi mutaxassislar;
— O‘zbekistonda ekologik jihatdan mas’uliyatli va texnologik jihatdan ilg‘or mehmondo‘stlikni rivojlantirishdan manfaatdorlar.
Konferensiya quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
— Yashil turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi so‘nggi tendensiyalar hamda innovasiyalardan xabardor bo‘lish;
— tajriba almashish va yangi biznes aloqalarini o‘rnatish;
— yangi hamkorlar va investorlar topish.
Mazkur konferensiya yashil texnologiya va mehmondo‘stlik sektoriga sarmoya kiritish afzalliklari haqida xabardorlikni oshirish, O‘zbekistonda raqamli mehmondo‘stlikni rivojlantirish istiqbollarini ko‘rsatish hamda «HoReCa» sanoatida innovasiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy etishga xizmat qiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.