Toshkntda "Soxta havola" orqali sodir etilgan kiberjinoyat fosh etildi

Toshkntda "Soxta havola" orqali sodir etilgan kiberjinoyat fosh etildi

Toshkent shaharda yashovchi 32 yoshli X.B. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 3.557.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shaharda yashovchi A.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, A.A. internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali yolg‘on e’lonlar ostida soxta dastur, havola jo‘natib, bu e’longa ishongan jabrlanuvchi X.B. ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

⚖️Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Hurmatli kanalimiz obunachilari agar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 📞 ishonch raqamlariga murojaat qiling!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!