Raqobat qo‘mitasi elektr quvvati ortiqcha hisoblanayotgan holatlarni o‘rganadi

Raqobat qo‘mitasi elektr quvvati ortiqcha hisoblanayotgan holatlarni o‘rganadi

O‘zbekistonda elektr energiyasi ortiqcha hisoblanayotganini o‘rganish uchun tezkor ishchi guruh tashkil etildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarning elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotgani va bu qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘layotgani yuzasidan iste’molchilar tomonidan murojaatlar tarqalib, keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Qo‘mita matbuot xizmatining bildirishicha, tezkor ishchi guruh mazkur holatlarni joylarga chiqqan holatda o‘rganib, muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida tashkil etildi.

Ishchi guruh tarkibiga Raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda, “O‘zenergoinspeksiya”, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ vakillari jalb qilingan.

Ushbu holatlarni o‘rganish davomida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Yuqoridagi kabi muammoli holatlar mavjud bo‘lib o‘z yechimini topmayotganligidan norozi fuqarolar Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga yoki Telegram’da @rquzBot orqali murojaat qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!