Yaponiya bosh vaziri Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etishni rejalashtirmoqda

Yaponiya bosh vaziri Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etishni rejalashtirmoqda

Yaponiya bosh vaziri Kisida Fumio AQShda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti doirasida Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Yaponiya Xitoyning Hind-Tinch okeani mintaqasida ta’siri kuchayib borayotgan bir sharoitda «fikrdosh davlatlar» bilan hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirishga intilmoqda, deb xabar berdi Yaponiya davlat televideniyesi NHK.

Yaponiya, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya va Avstraliya yetakchilari 9-11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO yetakchilari sammitida ishtirok etishga hozirlik ko‘rmoqda.

Xususan, Yaponiya bosh vaziri Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya rahbarlari ishtirokida to‘rt tomonlama uchrashuv o‘tkazishni muvofiqlashtirishini aytdi.

«Biz Yaponiya va NATO o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, mavjud xalqaro vaziyat sharoitida zarur choralarni ko‘rmoqchimiz», - dedi Fumio.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Xitoy ta’sirining kuchayishi, Rossiya-Ukraina inqirozi va Shimoliy Koreyadan kelayotgan raketa tahdidlari sharoitida «status-kvoni saqlab qolish» haqidagi xabarni yuborishdir.

Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya Hind-Tinch okeani mintaqasida NATO a’zosi bo‘lmagan davlatlardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!