Qirg‘izistonda diniy radikallar hokimiyatni egallab olishga uringani ma’lum qilindi

 Qirg‘izistonda diniy radikallar hokimiyatni egallab olishga uringani ma’lum qilindi

Fuqarolar o‘limiga sabab bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar uyushtirish orqali hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarish rejalarini tuzayotgan buzg‘unchi guruh aniqlandi — deya xabar berdi huquq-tartibot idorasi. Besh gumondor qo‘lga olindi, ularning barchasi Qirg‘iziston fuqarolari. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bu shaxslarning jinoiy guruhlarga aloqadorligini va “diniy aqidaparastlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlayotganliklarini” da’vo qilmoqda. Tintuvlar davomida ular bombalar uchun butlovchi qismlar, qurol-yarog‘lar, o‘q-dorilar, zirhlar, ekstremistik adabiyotlar topdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!