Kaliforniyadagi yong‘inlar tufayli 26 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi

Kaliforniyadagi yong‘inlar tufayli 26 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi

AQShning Kaliforniya shtatining Butte hududida shu hafta boshida sodir bo‘lgan yong‘inlar tufayli 26 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi.

CBS ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqaviy sherif idorasi Kaliforniya shimolidagi Batte hududida 2 iyul kuni sodir bo‘lgan yong‘inlar haqida bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, yong‘in tufayli 26 mingdan ortiq odamni evakuasiya qilishga qaror qilingan.

Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom mintaqada favqulodda holat e’lon qilingani haqida rasman ma’lum qildi.

Kaliforniya o‘rmon xo‘jaligi va yong‘indan himoya qilish departamenti yong‘in oqibatida sakkiz nafar o‘t o‘chiruvchi jabrlanganini, uning sabablari hozircha ma’lum emasligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!