Kolumbiya shimoli-g‘arbida sodir etilgan teraktda 6 askar halok bo‘ldi

Kolumbiya shimoli-g‘arbida sodir etilgan teraktda 6 askar halok bo‘ldi

Kolumbiya harbiy xizmatchilariga qarshi uyushtirilgan terakt oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi.

Jangarilar mamlakat shimoli-g‘arbiy qismidagi Antiokiya departamentining Kopos qishlog‘ida masofadan boshqariladigan portlovchi moslamani ishga tushirdi.

Yaradorlar vertolyotda kasalxonaga yotqizilgan.

Mintaqada keng ko‘lamli amaliyotlar davom etmoqda.

Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro X ijtimoiy tarmog‘idagi nashrida harbiy xizmatchilarning o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanligini ta’kidlab, qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!