“Hizbulloh” yetakchisi HAMAS delegasiyasi bilan uchrashdi

“Hizbulloh” yetakchisi HAMAS delegasiyasi bilan uchrashdi

Livandagi “Hizbulloh” guruhi yetakchisi Hasan Nasrulloh 5 iyul kuni HAMAS delegasiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Halil al-Hayya boshchiligidagi HAMAS delegasiyasi Bayrutga tashrif buyurgan. Ular Hasan Nasrulloh bilan uchrashib, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muhokamalar olib borgan.

“Hizbulloh” tomoni uchrashuv yuzasidan alohida bayonot e’lon qilgan. Unda aytilishicha, “Hizbulloh” va HAMAS vakillari uchrashuvda G‘azo sektoridagi so‘nggi xavfsizlik holati va siyosiy o‘zgarishlar haqida mulohazalar yuritgan.

“Ular shu kunlarda davom etayotgan muzokaralardagi so‘nggi o‘zgarishlar, ularning holati va G‘azo sektorida Falastin xalqiga qarshi tajovuzga chek qo‘yish bo‘yicha taqdim etilgan takliflarni muhokama qildi”, — deyiladi Livan harbiy guruhi bayonotida.

Payshanba kuni HAMAS guruhi Isroil bilan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv yuzasidan o‘z pozisiyasini sezilarli darajada o‘zgartirganini e’lon qilgan edi. Bu voqea doimiy o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lida muhim qadam bo‘lishiga umid bildirilgan.

4 iyul kuni Isroil hukumati ham HAMAS bilan kelishuv to‘xtab qolgan joyidan davom etishini ma’lum qilgan. Muzokaralarda qatnashish uchun Mossad rahbari Misrga maxsus delegasiya bilan jo‘natilishi qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!