Farg‘onada IIB xonasiga olib kirilgan erkak hushini yo‘qotib, reanimasiyaga yotqizilgani yuzasidan izoh berildi

Farg‘onada IIB xonasiga olib kirilgan erkak hushini yo‘qotib, reanimasiyaga yotqizilgani yuzasidan izoh berildi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida IIB xonasiga olib kirilgan fuqaro hushini yo‘qotib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 4 iyul kuni Rishton tumanining “Gumbaz” mahallasida fuqaro R.M. (videotasvirdagi fuqaro) Cobalt’da qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, “To‘xtash ta’qiqlanadi” yo‘l belgisi ta’sir doirasiga avtomashinani qo‘ymoqchi bo‘lganda, IIO xodimlari unga huquqbuzarligini tushuntirmoqchi bo‘lgan.

Biroq R.M. xodimlarning qonuniy talabini bajarmasdan, haqorat qilib, transport vositasini shu yerda turgan fuqarolar va IIB xodimlari ustiga harakatlantirgan. Shundan so‘ng huquqbuzarlik sodir etayotgan shaxs zararsizlantirilib, majburiy tarzda IIO tayanch punktiga olib borilgan. Tayanch punktiga uning akasi M.R. ham kelib, baqir-chaqir qilib, xodimlarga qarshilik ko‘rsatgan.

Shu payt R.M.ning tutqanog‘i tutib o‘zini yo‘qotgan (Fuqaro R.M.ning muqaddam avtohalokat oqibatida orttirilgan epilepsiya kasalligi bo‘lgan). Unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Tibbiy ko‘rik jarayonida fuqaroga jarohat yetkazilgan holat aniqlanmagan. Hozirda fuqaro R.M. va akasi M.R.ga nisbatan MJtKning 183, 194, va 195-moddalari tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun sudga yuborilgan.

Xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!