Nigerda toshqin va ko‘chkilar 27 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Nigerda toshqin va ko‘chkilar 27 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Nigerda iyun oyidan beri davom etayotgan kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi.

Fuqaro Mudofaa Bosh boshqarmasi iyun oyida boshlangan kuchli yomg‘irlardan jami 10 ming 655 kishining jabrlanganini ma’lum qildi.

To‘xtovsiz yog‘ayotgan yomg‘ir suv toshqinlari va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi, 27 kishi halok bo‘ldi, yana 23 kishi jarohatlandi.

Nigerda yomg‘irli mavsum iyun oyida boshlanadi va sentyabrda tugaydi. O‘tgan yili kuchli yomg‘irlar oqibatida 41 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi jarohatlangan edi. Umuman olganda, tabiiy ofat 137 797 kishining hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!