O‘zbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalarini tashkil etish taqiqlandi

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalarini tashkil etish taqiqlandi

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari va bo‘linmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyati taqiqlandi. «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonunga bu borada qo‘shimcha kiritildi.

Siyosiy partiyalar byudjetdan ko‘proq pul oladi

Siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik hajmi shu mablag‘larni ajratish mo‘ljallanayotgan yildan oldingi yilning 1 sentyabridagi holatga ko‘ra belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim foizini Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soniga ko‘paytmasi miqdorida shakllantiriladi. (Amalda bu 2% edi).

Pul taqsimoti

Byudjetdan ajratilgan pulni Adliya vazirligi quyidagi tartibda taqsimlaydi:

➖40%i siyosiy partiyalar o‘rtasida teng miqdorda;

➖60%i siyosiy partiyalar o‘rtasida Qonunchilik palatasida olgan deputatlik o‘rinlariga mutanosib ravishda.

Deputatning, senatorning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi (qo‘shimcha qoidalar):

➖haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirish olgandan so‘ng bu ishda yana davom etsa;

➖bir kalendar yili ichida tegishli palata, fraksiya, qo‘mita va komissiya faoliyatida 30 yoki undan ortiq muddatda uzrli sabablarsiz qatnashmasa;

➖chet elda doimiy yashash guvohnomasini olgan taqdirda;

➖partiya ro‘yxati asosida saylangan deputat partiya a’zoligidan chiqarilgan taqdirda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!