Farg‘ona shahrida fukaro o‘zganing xonadonini qalbaki hujjatlar asosida 20 800 AQSh dollariga sotib yubordi

Farg‘ona shahrida fukaro o‘zganing xonadonini qalbaki hujjatlar asosida 20 800 AQSh dollariga sotib yubordi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro V.K. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.N.ga boshqa bir fuqaro N.T.ga tegishli Yangi Asr ko‘chasidagi xonadonni go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, unga qalbaki hujjatlarni taqdim qilib, uyni 20 800 AQSh dollariga sotganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!